Dahshat! “Jizzax-Qo‘qon” yo‘liga tashlab ketilgan bir kunlik chaqaloq halok bo‘ldi
Zomin tumani, “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro SH.B. “Neksiya” rusumli avtoulovni Jizzax yo‘nalishida boshqarib ketayotib, “Jizzax-Qo‘qon” yo‘nalishida daraxt tagida oq lattaga o‘ralgan, bir kunlik bo‘lgan qiz bola jinsli chaqaloqqa ko‘zi tushgan. Chaqaloqni Jizzax perenatal markazi xodimlariga topshirgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhi "ANIQ.UZ"ga ma’lum qildi.
Tekshirilganda, chaqaloq 7 oylik, vazni 970 gram, bo‘yi 36 sm. infeksiya xavfi o‘rta og‘ir darajada, o‘ta kam vaznli chala tug‘ilgan bo‘lgan. U shifokorlarning muolajalariga qarmasdan vafot etgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atigan. Tergov harakatlarini Sharof Rashidov tuman ichki ishlar bo‘limi olib bormoqda.