Dahshat! 17 yoshli o‘smir 6 yoshli qizni zo‘rladi

Dahshat! 17 yoshli o‘smir 6 yoshli qizni zo‘rladi

Qirg‘izistonning Chu viloyatida o‘smir bola 6 yoshli qizni zo‘rlagan. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Ma’lumotga ko‘ra, 20 iyun kuni kechki soat 20:55 larda hududiy shifoxona 2011 yilda tug‘ilgan qizaloq zo‘rlanganlik alomatlari bilan shikoyat qilib kelgani haqida oshkor qilgan.
 
Alamadin rayoni IIB xodimlari vaziyatni o‘rganib, 20 iyun soat 18:00 da Qizil Berlik qishlog‘ida 2001 yil tug‘ilgan bola qizning nomusini toptab, jinsiy aloqada bo‘lganini aniqlagan. Shundan so‘ng, ushbu fakt IIB ro‘yxatiga olinib, kerakli tibbiy sud-ekspertizalarini o‘tkazish tayinlangan.
 
“Jabrlanuvchining ota-onasi shikoyat arizasini yozgan, biroq gumonlanuvchi voyaga yetmaganligi va tibbiy ekspertiza natijalari hozircha chiqmagani uchun uni hibsga olishning imkoni yo‘q”, deydi Chu viloyati IIBB.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!