Buxorodagi mushtlashuv yuzasidan IIB rasmiy munosabat bildirdi

Buxorodagi mushtlashuv yuzasidan IIB rasmiy munosabat bildirdi

Buxoro viloyati Olot tumanida 5 sentyabr kuni sodir bo‘lgan ikki ayol bir necha erkaklar janjallashayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Buxoro viloyati IIB ushbu vaziyat yuzasida rasmiy ma’lumot berdi. 

IIB xabarida aytilishiga ko‘ra, bir oila a’zolari va uning sobiq turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshlari orasida sodir bo‘lgan. Ikki oila a’zolari bir birlarini haqorat qilib, urib tan jarohatlari yetkazishgan. Bir kishiga mashina bilan urib tan jarohati yetkazilgan. Ikki nafar ichki ishlar organlari xodimlari janjallashayotgan fuqarolarni ajratishga harakat qilishgan.

Ushbu holat Olot tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan. Mazkur holat yuzasidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, barcha ishtirokchilardan hamda mazkur janjalning guvohi bo‘lgan fuqarolardan tushuntirish xatlari olingan.

Holat yuzasidan janjalda ishtirok etgan barcha fuqarolarga yetkazilgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Olot tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!