Bosh prokuratura «O‘zmetkombinat» sobiq rahbariyatiga nisbatan tergovni tasdiqladi

Bosh prokuratura «O‘zmetkombinat» sobiq rahbariyatiga nisbatan tergovni tasdiqladi

Bosh prokuratura O‘zmetkombinat AJ sobiq rahbariyatiga qarshi tergov olib bormoqda, deya tasdiqladi Kun.uz ga mahkama matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.
Kombinatning sobiq mansabdor shaxslariga nisbatan tergov olib borilmoqda, yangilari bo‘yicha jinoiy ta’qib yo‘q , - dedi u.

Kuni kecha korxonaning o‘zi qator elektron OAVda kompaniya xodimlari qo‘lga olingani, shuningdek, o‘g‘irlik va rastrata aniqlangani haqida e’lon qilingan xabarlarni rad etdi.

Maqolalarda bildirilishicha, kombinatning xaridlar bo‘yicha menejeri O.R. 2019 yilning yanvar oyi boshida katta miqdorda o‘g‘irlik va rastratada ayblanib ishdan bo‘shatilgan. Bu fakt yolg‘on. Xaridlar bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Otabek Rasulov hali ham avvalgi lavozimda ishlamoqda. Kombinat va SFI Management Group ishonchli boshqaruviga O.Rasulov tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilgani to‘g‘risida, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan biror-bir fakt, murojaat yoki ma’lumot kelib tushmagan , - deya xabar berishgan Kun.uz ga korxonadan.

O‘zmetkombinat respublikada qora metallurgiya sohasida yetakchi korxona hisoblanadi. 2019 yilda uning tashkil etilganiga 75 yil to‘ladi. 2017 yil iyulida kombinatning ustav kapitalidagi davlat ulushi ishonchli boshqaruvchisi sifatida SFI Management Group xorijiy kompaniyasi jalb etildi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!