Boris Jonson: "Timsoh sizning chap oyog‘ingizni yeyayotganda u bilan qanday muzokara qilish mumkin. Putin aynan shunday qilyapti"

Boris Jonson: "Timsoh sizning chap oyog‘ingizni yeyayotganda u bilan qanday muzokara qilish mumkin. Putin aynan shunday qilyapti"

Buyuk Britaniya bosh vaziri Bloomberg agentligiga intervyu berib, Ukrainaga ko‘proq hujum qurollari, jumladan uzoq masofaga mo‘ljallangan ko‘p sonli raketalar zarurligini ta’kidladi

"Putin o‘zi va rus harbiylari uchun katta xarajat evaziga Donbassda yerni kemirishda davom etishidan qo‘rqaman. U asta-sekin, lekin qo‘rqamanki, sezilarli yutuqlarga erishishni davom ettirmoqda va shuning uchun biz ukrainaliklarni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz juda muhim. Menimcha, ruslarni Kiyev darvozasidan ortga itarib yuborgan ukrainaliklarning aql bovar qilmaydigan qahramonligi biz tomondan qo‘llab-quvvatlanishi juda katta ahamiyatga ega."

Boris Jonson urushni tinch yo‘l bilan hal qilish istiqbollarini shunday baholadi:

"Timsoh sizning chap oyog‘ingizni yeyayotganda u bilan qanday muzokara qilish mumkin. Putin aynan shunday qilyapti. U mojaroni muzlatib qo‘yishga harakat qilmoqda... Albatta, biz urushni to‘xtatishimiz kerak, bu dunyoga juda zarur. Ammo buni tugatishning yagona yo‘li — Putin o‘zining bu "denasifikasiyasi" sodir bo‘lganini tan olishi. Shunda u mojarodan or-nomus bilan chiqib keta oladi."


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!