Bollivudning taniqli aktyori o‘z uyida o‘lik holda topildi

Bollivudning taniqli aktyori o‘z uyida o‘lik holda topildi

14 iyun kuni Bollivudning taniqli aktyorlaridan biri Sushant Singh Rajput o‘zining Mumbay shahridagi uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda Hindiston ommaviy axborot vositalari xabar berdi, deb yozadi "Daryo".

Qayd etilishicha, 34 yoshli aktyor o‘z joniga qasd qilgan. U so‘nggi paytda tushkun kayfiyatda bo‘lgan.

Sushant 2013 yilda suratga olingan «Hayotimdagi uchta xato» (Kai Po Che) filmidagi ishtirokidan so‘ng mashhurlik qozongan edi. Film ekran yuzini ko‘rgach, Sushant taniqli rejissyorlar e’tiboriga tushgan. Sushant teleseriallarda faol suratga tushar edi.

Sushant Singh o‘zbek tomoshabinlariga «Pikey» (PK), «Drayv» (Drive), «M.C.Dhoni: So‘zlab berilmagan hikoya» (M.S. Dhoni: The Untold Story) kabi filmlardagi rollari bilan yaxshi tanish.

Bollivud qiroli Shohruh Xon marhum aktyorning yaqinlariga ta’ziya bildirdi.

«U meni juda yaxshi ko‘rardi. Men uni juda sog‘inaman. Undagi energiyani, hayotga tashnalikni hamda uning baxtga to‘la tabassumini. Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin! Uning yaqinlariga ta’ziyamni izhor etaman. Bu juda qayg‘uli va kutilmagan holat», — deb yozadi aktyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!