Bolalarni tilanchilik qilishga kim majburlaydi? (Video)

Bolalarni tilanchilik qilishga kim majburlaydi? (Video)

Tong soat 7:30.
Qishning qahratonli sovug‘i ko‘chalarni muzlatgan. Bu qahraton tufayli hali shahar aholisi ko‘chaga oshiqmagan. Qarshining qoq markazidagi piyodalar yo‘lakchasida 6 yashar yuzlari sovuqdan qizarib ketgan bir qizaloq tilanchilik qilmoqda. Ko‘rinishidan duppa-durust, o‘zbek farzandi.

Uni sekingina savolga tutsak, qilib qo‘ygan ishidan pushaymondek o‘zini olib qochadi. Ichida dard, aytgisi kelmaydi. Uyini manzilini yashiradi.

Nahotki, bolalardan pul topish maqsadida foydalinishayotgan bo‘lsa.
Qaysi ota-ona o‘z farzandini bunchalik xor qilib qo‘yishi mumkin?
Axir tilanchilik qilishni unga kimdir o‘rgatmasa, yosh bolaning xayoliga ham kelmaydi-ku…
Shunday ota-onalar borki, o‘z bolasidan bolalikni tortib olgan. Shunday bo‘lmasa edi, bolalar tilanchilik qilmasa edi deb og‘rinasiz.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 64-modda:

“Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlari rag‘batlantiriladi”.

Manba: nnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!