“Bir sud – bir instansiya” tamoyili odil sudlovni ta’minlaydi

“Bir sud – bir instansiya” tamoyili odil sudlovni ta’minlaydi

Prezident SH.Mirziyoyev joriy yilning 30 iyun kuni "Odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar" muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlanganidek, bunday o‘zgarishlar odamlarimizda haqiqat va adolatga bo‘lgan ishonchni mustahkamlamoqda ekanligini, lekin, xalq sud-huquq tizimidan rozi deyishga hali asos yo‘qligi sababli sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, sud-huquq tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolarni huquq va erkinliklarini ta’minlash, sudyalar mustaqilligini va odil sudlovni amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan aniq chora va vazifalar belgilab berildi.

Xususan, yig‘ilishda ilg‘or tajribalar va xalqaro standartlar asosida sud tizimini “bir sud – bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi. Sud tizimida eskilik sarqiti bo‘lgan, o‘z nomi bilan ham sudning mazmun-mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan nazorat tartibida ishlarni ko‘rish amaliyotidan to‘liq voz kechish haqida ko‘rsatmalar berildi. Bu o‘z yo‘llida fuqarolarni sarson sarkardonligini oldini olib, ishlarni tez hal qilish imkoniyatini beradi.

O‘z navbatida bu sudlar zimmasiga katta ma’suliyat ham yuklaydi. Sud qonunga muvofiq ishni ko‘rib chiqishi, faqat adolatli qaror qabul qilishini taqozo qiladi.

Muhtaram Prezidentimizning “Odil sudlov xalqning ko‘z o‘ngida, ochiq-oshkora amalga oshirilib, adolat qaror topishi lozim” degan fikrlari ham oldimizga ushbu talabni qo‘ymoqda.

Kelajakda ushbu tamoyil joriy etilsa, ishlar tuman sudlarida ko‘riladi, undan yuqori sudlarda esa ishlar faqat apellyasiya tartibida, Oliy sudda kassasiya tartibida ko‘riladi.

Shuningdek, qonunchilikka kiritilishi rejalashtirilayotgan yana bir taklif bu nazorat instansiyasini bekor qilish bo‘yicha ham taklif bildirildi. Mazkur masalaga Davlatimiz Rahbari “Sud tizimda eskilik sarqiti bo‘lgan” deb haqqoniy baho berdilar.

Vaholanki, shunday ekan kelgusida qonunga kiritiladigan o‘zgartirish bilan sudning mazmun-mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilish bo‘yicha taklif ilgari surilgani esa sudyalarning adolatli qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazuvchi yana bir omilni bartaraf etadi.

Ilgari sudyalar, sud raislari bilan odamlar o‘rtasida to‘siq bor edi, bugungi kunda esa, aholining sudyalar va sud raislari bilan bevosita muloqot qilmoqda.

Jamiyatda o‘rnatilgan ochiqlik siyosati tufayli aholi bilan bevosita muloqot qilish, sayyor sudlar o‘tkazish amaliyoti kengaydi. Odamlarni yuzma-yuz o‘tirib eshitish-ularning dardini his qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni to‘g‘irlash kabi xayrli ishlarga yo‘l ochdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayniqsa, sayyor sudlarda faqat tomonlar emas, balki aholi vakillari, jamoatchilik ham ishtirok etayotgani vaziyatga to‘liq oydinlik kiritishga imkon bermoqda.

Sud majlisidan keyin sudya hal qiluv qaror yoki hukm mazmunini tomonlarga tushuntirib berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani ham tushunmovchiliklarni bartaraf etmoqda.

O‘zgarishlar tufayli odamlarimizda haqiqat va adolatga bo‘lgan ishonch uyg‘ondi.

Bir so‘z bilan aytganda sud-odil sudlovni amalga oshiradigan, adolatni qaror toptirishi shart bo‘lgan tizim.

Mamlakatimizda sud-huquq tizimidagi islohotlar bugun o‘zining amaliy samaralarini ko‘rsatmoqda. Zero, amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini qat’iy mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirishdan iboratdir.

 

Vladislav Svetkov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi,

Muxammad Qayumov,

jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!