«Ba’zan orqangda kim turibdi, deb so‘rashadi». Rasul Kusherbayev Prezident qarshisida nutq so‘zladi

«Ba’zan orqangda kim turibdi, deb so‘rashadi». Rasul Kusherbayev Prezident qarshisida nutq so‘zladi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev deputatlar haqida fikr bildirgan edi.

Majlisda deputat Rasul Kusherbayev so‘zga chiqib, davlat rahbarining nutqi haqida gapirdi.

«Menimcha, bizni keyingi besh yilligimizga yetadigan energiyaga ega bo‘ldik, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Shaxsan men hozir ham o‘zim shu narsani his etib turibman. Buning uchun judayam katta rahmat, deputatlarga, xalq vakillariga ko‘rsatilgan ehtirom, ishonchingiz uchun, alohida e’tiboringiz uchun, mana shu xalq vakillarini xalqimizning orasida, jamiyatda yetakchi obro‘ga ega bo‘lishi uchun qilayotgan sa’y-harakatlaringiz uchun judayam katta minnatdorchiligimni bildiraman.

E’tibor bersak, so‘nggi 2—3 yil ichida mamlakatimizda ochiqlik, oshkoralik bo‘yicha islohotlarning yangi qadamga chiqqani hammamizni o‘zgarishga majbur qilyapti. Bu vazirlik, idora, deymizmi, parlament deymizmi, odamlar deymizmi, hammaning o‘z ishiga bo‘lgan talabchanlik ruhi oshmoqda.

Ba’zan mendan so‘rashadi: ‘Sen avval qayerda eding, bu jur’atni, shijoatni qayerdan olding? Kimga ishonyapsan, orqangda kim turibdi?’ deb. Endi ochig‘i, ortimizda saylovchilar turibdi, shiddatni, jur’atni, ruhni sizdan olyapmiz. Doim ushbu savollarga beradigan javobim shunaqa», — deydi Kusherbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!