Bangladesh va Myanma rohinjadagi qochqinlarni repatriasiya qilishni rejalashtirmoqda; BMT shoshilmaslik chaqirmoqda

Bangladesh va Myanma rohinjadagi qochqinlarni repatriasiya qilishni rejalashtirmoqda; BMT shoshilmaslik chaqirmoqda

BMTning inson huquqlari bo‘yicha eksperti Yangxa Li, rohinjani Bangladeshdan Myanmaga ko‘chirish rejalarini bekor qilishni talab qildi- deya xabar beriladi BMT Yangiliklari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bangladeshda boshpana topgan, mislsiz darajada vahshiyliklarni boshidan o‘tkazgan qochqinlar, ularni ortiga qaytarishlaridan qo‘rqib yashamoqdalar. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Myanma hukumati rohinjalarni qochishga majbur qilgan, avvalgiday vaziyatga tushib qolmasliklariga kafolat bermagan.

"Myanma hukumati rohinjalarning o‘z uylariga qaytishiga, ularning xavfsizligini ta’minlashga va ularning asosiy huquqlarini hurmat qilishga sharoit yaratishga qaratilgan aniq va ravshan bo‘lgan choralarni qo‘llayotganligini ko‘rmayapman", - deydi Myanmadagi inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi Yangxi Li .

2017-yil dekabr oyida Bangladesh va Myanma hukumatlari noyabr oyining o‘rtalarida roxinja musulmonlarini o‘z vatanlariga ko‘chirilishi haqida kelishib olgan edilar. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Bangladeshning chegara hududida bo‘lgan Koks Bazorda najot topishgan odamlar, ular qaytairladiganlar ro‘yxatida bo‘lishidan qo‘rqishmoqda.

Maxsus ma’ruzachi bir necha bor ta’kidlaganidek, inqirozning tub sabablari bartaraf etilgunga qadar, repatriasiya qilish erta bo‘ladi. "2016 va 2017-yillarda rohinja musulmonlari, xavfsizlik kuchlari tomonidan ko‘rsatilgan vahshiy zo‘ravonlikni boshidan kechirgan, buning uchun hech kim javobgarlikka tortilmagan, biroq bundan bir necha o‘n yillar davomida ham ular diskriminasiya va ta’qibga duchor bo‘lib kelganlar", - deya xotirlaydi Yangxi Li.

Rohinja musulmon ozchiliklari yashaydigan Rakxayn shtatida zo‘ravonliklarning yangi to‘lqini, ular orasidagi jangarilarning bir nechta polisiya postlariga hujum qilganlaridan so‘ng boshlangan edi. Bunga javoban xavfsizlik kuchlari zo‘ravonlik kampaniyasini boshladilar: tinch fuqarolar o‘ldirildi, qiynoqqa solindi, zo‘rlandi, o‘z uylarida yoqib yuborildi va butun qishloqlarga butunlay o‘t qo‘yildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotida bu jinoyatlar etnik tozalash va genosid deb e’tirof etildi. Xalqaro Jinoyat Sudi sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni boshladilar. "Tozalash" dan qochib, 700 mingga yaqin inson, qo‘shni Bangladeshga qochib ketdi.

Yangxi Li, rohinjalar qochgan joylarni qayta tiklash bilan shug‘ullanganligini ta’kidlab o‘tgan, ammo, uning fikricha, ortga qaytgan qochqinlar uchun infratuzilmani yaratish bu muammoni hal qilmaydi. "Rohinjalarni hozirgi holatida, yana quvg‘inlik qurboni bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyga ko‘chirish xalqaro huquqning buzilishiga olib kelishi mumkin", deydi ekspert.

Iyun oyida Myanma hukumati, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Boshqarmasi (QBB) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) rohinja musulmonlarini mamlakatga qaytarish uchun shartlar haqida bitim tuzdilar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiylari o‘z vatanlariga qaytib borishni istagan qochoqlarning xavfsizligini va o‘z huquq va qadr-qimmatini hurmat qilishlari kerakligini talab qiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta’kidlaganidek, uchta asosiy yo‘nalishda: Rakhayn shtatiga gumanitar xodimlarga kirishni ta’minlash, umumiy harakat erkinligini ta’minlash va inqirozga olib kelgan asosiy masalalarni hal etish, shu jumladan, huquqi bo‘lgan shaxslarga fuqarolikni berish kabi jiddiy choralarni ko‘rishi zarur.

Bu rohinja va Rakhayn shtatida qolgan boshqa jamoalar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash choralarini amalga oshirish imkonini beradi. BMT xodimlari ushbu shartnoma shartlariga muvofiq, roxinja musumlonlarini qaytarish uchun qanday tayyorgarlik olib borilayotganini tekshirish uchun o‘sha joyga borishga tayyor.

Yangxi Li, Myanma va Bangladesh hukumatlarini roxinja musulmonlarini qaytarish bo‘yicha choralarni ko‘rishga shoshilmaslikka chaqirib, balki qochqinlarni himoya qilish uchun inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarini va xalqaro qonunlar talab qilganidek, qochqinlarni himoya qilishni taklif qildi.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!