Bag‘dodda Turkiya va Suriya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Bag‘dodda Turkiya va Suriya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Iroqning poytaxti Bag‘dodda Turkiya va Suriya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bu haqda TGRT Haber xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar munosabatlarni normallashtirish masalasini muhokama qiladi. Uchrashuvning aniq sanasi hozircha oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an avvalroq Anqara va Damashq o‘rtasidagi munosabatlarning tiklanishiga to‘sqinlik qiluvchi omil yo‘qligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!