Tojikistondagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tojikistondagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tojikistonda Nexia-2 va «KamAZ» yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xabar berdi.

2 iyul kuni Xo‘jand—Dushanbe yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida Nexia-2 haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi (ikki erkak va bir ayol) voqea joyida halok bo‘lgan.

Haydovchining shaxsi aniqlangan bo‘lib, u Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan M.B. bo‘lgan. Qolgan qurbonlarning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!