BAAdagi masjidda har kuni 30 ming kishi iftor qilyapti

BAAdagi masjidda har kuni 30 ming kishi iftor qilyapti

Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng yirik masjid har yili Ramazonda Abu-Dabidagi minglab musulmonlar yig‘iladigan markazga aylanadi, deya xabar bermoqda Yevronyus .

Shayx Zayd nomidagi masjidda har kuni o‘rtacha 30 ming kishi iftor qilyapti. Dasturxonga xurmo va go‘shtli taom tortilyapti.

Har kuni 30 ming kishini to‘ydirish uchun 400 nafar oshpaz va qariyb 500 nafar yordamchilar xizmat ko‘rsatmoqda.

Bunday tashabbusda qatnashish, odamlarga xizmat qilish biz uchun faxr , deydi iftor taomini tayyorlaydigan firma rahbari Shayx al-Kaabiy.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!