Avstraliyaga bormang! Xitoyliklarni "yashil qit’a"da jahannam kutyaptimi?

Avstraliyaga bormang! Xitoyliklarni "yashil qit’a"da jahannam kutyaptimi?

Kecha XXR Madaniyat va turizm vazirligi o‘z fuqarolariga Avstraliyaga bu mamlakatda irqchilik kayfiyati kuchaygani sababli bormaslikni maslahat berdi, deb xabar beradi Associated Press shanba kuni.

"Vazirlik xitoylik sayyohlarga o‘z xavfsizligi haqida ko‘proq o‘ylab ko‘rishni va Avstraliyaga bormaslikni maslahat beradi", – deyiladi agentlik olgan ma’lumotda.

Bunga Avstraliyada koronavirus pandemiyasi munosabati bilan xitoyliklar va umuman osiyoliklarga nisbatan irqiy kamsitish va zo‘ravonlik harakatlari ko‘paygani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Agentlik Pekin va Kanberra o‘rtasida keskinlik kuchayib borayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Avstraliya hukumati COVID-19 kelib chiqishi manbalari va epidemiyaga qarshi choralar bo‘yicha xalqaro tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi. Shu bilan birga, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison, virus, shubhasiz, Xitoyda paydo bo‘lganligini va xalqaro hamjamiyat koronavirusning paydo bo‘lishi holatlarini aniqlashtirishi kerakligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Xitoy Avstraliyadan arpa yetkazib berish uchun 80 foizlik bojni undirdi, Kanberrani arpa ishlab chiqarishga berilgan subsidiyalar tufayli Jahon savdo tashkilotining qoidalarini buzganlikda aybladi. Bungacha XXR ma’murlari Avstraliyadagi to‘rtta yirik go‘shtni qayta ishlash korxonalaridan mol go‘shti importini to‘xtatib qo‘ygandi.

Xitoyning Avstraliyadagi elchisi Chen Szinye, shuningdek, Kanberraga uning koronavirus bo‘yicha tergovni Avstraliya hukumati uchun maqbul bo‘lgan formatda olib borishga urinishi xitoyliklarning Avstraliyadagi mahsulotlarini boykot qilishi va xitoylik sayyohlar hamda talabalarning ushbu mamlakatga borishni rad etishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasiga xalqaro hamjamiyat qanday munosabatda bo‘lganligini tizimli tahlil qilishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qilgan edi. Biroq, virusning kelib chiqish sabablarini o‘rganish haqida gaplashilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!