Avrat zinosi ayolning o‘ziga uradimi yoki qaragan muslimgami?

Avrat zinosi ayolning o‘ziga uradimi yoki qaragan muslimgami?

Savol

Doim qalbim og‘riydi. Ayollarimizning ochiq kiyinishi ko‘z zinosiga sabab bo‘lmoqda. Ularga nasihat berish mumkinmi? Avrat zinosi ayolning o‘ziga uradimi yoki qaragan muslimgami? Yo rabbim ayollarimizga iymon bergin!


Javob

Agar yaqinlaringiz yo gapingizni eshitadigan kishilar bo‘lsa, albatta nasihat qiling. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Din nasihatdir", deganlar. (Muslim rivoyati). Nasihatning birovga yaxshilik istash, ma’nosi bor. Siz bu bilan bunday ayollarga yaxshilik istayotgan bo‘lasiz.

Avratini ochib yurish bilan ayolga, unga qarash bilan erkakka gunoh yoziladi. Bunga shariatda bir qancha dalillar bor.

Alloh yanada biluvchiroq.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!