Aqto‘be fojiasi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Aqto‘be fojiasi yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Qozog‘iston Aqto‘be sudi uch nafar avtobus haydovchisiga hukm chiqardi. Ularga 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Transport kompaniyasi ta’sischisi va chilangan 3,5 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolariga 2 million tengi miqdorida tovon puli to‘laydilar. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Shu yil yanvar oyida Qozog‘iston Aqto‘be viloyati Samara-Chimkent trassasida 57 nafar kishi bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Yong‘in oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi – ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Besh nafar kishi, shu jumladan qozog‘istonlik haydovchilar omon qoldi.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha besh nafar shaxs aybdor deb topildi: uch nafar avtobus haydovchisi va “Aziya tranzit servis” korxonasining ikki nafar ishchisi – ta’sischi va chilangan. Ularga reysga chiqarishdan oldin avtobusni tekshirish majburiyati bo‘lgan.   

“Uch nafar avtobus haydovchisi 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini oldi. Transport kompaniyaning ta’sischisi va chilangan 3,5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi”, - deb ta’kidladi sud vakili.

Sudda haydovchilar tomonidan transport vositasini ekspluatasiya qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilganligi aniqlandi: avtobus salonida yo‘lovchilar isinish uchun lampadan foydanishgan.

Kompaniya rahbarining harakatlari nosoz avtotransport vositasini chiqarish oqibatida ikki va undan ortiq shaxslar o‘limiga olib kelish, shuningdek rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha kvalifikasiya qilingan.

Chilanganga esa nosoz avtotransport vositasini ekspluatasiyaga chiqarish oqibatida ikki va undan ortiq shaxslar o‘limiga olib kelish bo‘yicha ayblar qo‘yilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!