AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan

AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan

«Biz vahimada edik. Boshimizda eng yomon ssenariylar aylana boshladi», — deydi bolakayning xolasi Kayla Styuart. Marshal autizm bilan kasallangani va gapira olmasligi vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Bolakay yo‘qolib qolganida, uning egnida faqatgina taglik bo‘lgan.

Mahalliy polisiya Marshalni bir necha soat davomida qidirgan va ijtimoiy tarmoqlarda e’lonlar joylashtirgan. «Gap yosh bolani qidirish haqida ketar ekan, har bir daqiqa hisobda», — deydi polisiyachi Kori Dobridniya.

AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan

Foto: WJHG

Natijada bolakayni oilaning qo‘shnisi uydan taxminan 1,6 kilometr uzoqlikda topib olgan. Marshal yaxshi ahvolda bo‘lgan, uning yonida oilaning Grechixa va Nala laqabli itlari bo‘lgan.

«Ikkala it ham uning yonida bo‘lgan. Baxtimizga, ular Marshalga hamrohlik qilgan. O‘ylashimcha, ular bolakayning xavfsizligini ta’minlagan», — deydi qo‘shni.

AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan

Foto: WJHG

Marshal onasining so‘zlariga ko‘ra, itlar «o‘z vazifasini bajargan».

AQShda bedarak yo‘qolgan uch yoshli bolakay topildi. Autizm bilan kasallangan bolaga itlar g‘amxo‘rlik qilgan

Foto: WJHG

«Biz Marshalni topganimizda, uning kayfiyati yaxshi edi. O‘rmon bo‘ylab aylanib biroz kir bo‘libdi, biroq eng muhimi — unga hech qanday zarar yetmagan va baxtli. Itlar — vafodor jonzotlar. Fikrimcha, ular bola yolg‘iz ekanligini ko‘rib, unga yordam kerakligini tushungan. Instinktlar ish bergan. Ular bolakay bilan yurib, uni topishgunlaricha kuzatib kelgan», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!