Andijonlik oila fojiaga yo‘liqdi: er-xotin halok bo‘ldi

Andijonlik oila fojiaga yo‘liqdi: er-xotin halok bo‘ldi

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida 5 may kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashagan 65 yoshli X.K. o‘zining Damas rusumli avtomashinasini Madaniyat mahalla hududida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yerda harakatlanib kelayotgan Xo‘jaobod tumanida yashovchi 30 yoshli J.A. boshqaruvidagi NOWO rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, Damas avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchining turmush o‘rtog‘i 60 yoshli A.K. jarohat olib voqea joyida va haydovchi kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar. Shuningdek qolgan yo‘lovchilari, haydovchining kelini 32 yoshli M.T. va uning 2 yoshli qizi S.X.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!