Andijonda uch egizak tug‘ildi. Ularga Umar, Holid va Ali ismlarini qo‘yishmoqchi

Andijonda uch egizak tug‘ildi. Ularga Umar, Holid va Ali ismlarini qo‘yishmoqchi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi Qal’acha mahallasida istiqomat qiluvchi Bahodir va Nilufarxon Sultonovlar oilasida uch egizak o‘g‘il dunyoga keldi. Bu haqda Daryo muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Andijon viloyati perinatal markazi shifokorlari 10 yanvar kuni soat 12:40 va 12:45 lar orasida tug‘ruqni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirda onaning ham, egizaklarning ham ahvoli yaxshi. Ular shifokorlarning doimiy nazoratida.

Bu xabarni eshitib judayam xursand bo‘ldik, deydi chaqaloqlarning buvisi Ra’noxon Burxonova. Uch nafar farzandim bor. Birinchi nevaralarimning egizakligidan cheksiz shodmiz. Ularga Umar, Holid va Ali, deya ism qo‘yishni niyat qilib turibmiz. Yurtimizdagi har bir oilada sog‘lom va shirintoy o‘g‘il-qizlar o‘yin-kulgisi yangrab tursin ilohim.

Ma’lumot uchun, Andijon viloyatida uch egizaklarning tug‘ilishi ko‘payib bormoqda. 2016 yilda 3 egizaklar 3 marta, 2017 yilda 6 marta, 2018 yilda esa 10 marta uch egizak dunyoga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 18 dekabrida Toshkentda ham uch egizak tug‘ilgan, ularga Prezident sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yilgandi. Bolalarning otasiga Prezident sovg‘asi sifatida Cobalt mashinasi topshirildi.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!