Ana xolos! Turk klubi futbolchilarni sotib yuborib, o‘rniga echkilar sotib oldi (foto)

Ana xolos! Turk klubi futbolchilarni sotib yuborib, o‘rniga echkilar sotib oldi (foto)

Turkiyaning «Gulspor» klubi yoshlar tarkibidagi 18 nafar futbolchini sotib yubordi va olingan pullarga 10 bosh echki sotib oldi. Bu haqda Tribune Dergi Twitter-akkauntida xabar qilinadi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoa rahbariyati sut sotishdan taxminan besh ming turk lirasi (727,8 yevro) olishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlanishicha, barcha mablag‘lar klubning birinchi navbatdagi ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

«Gulspor» prezidenti Kenan Buklebebning CNN’ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, bu holatda jamoaning manfaatlarini ko‘zlagan. «Bizda ko‘proq daromad bo‘ladi. Biz jamoaning manfaatlari yo‘lida harakat qildik, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqarishiga hissa qo‘shdik», - deya qayd etib o‘tdi u.

18 futbolchi klubning byudjetiga 15 ming lira (taxminan 2,2 ming evro) olib keldi. «Gulspor» Turkiyaning quyi divizionlarida o‘ynaydi.

Manba: tribuna.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!