Ana xolos! Qirg‘izistonda hamma shifokor koronavirusga chalingani uchun kasalxona yopildi

Ana xolos! Qirg‘izistonda hamma shifokor koronavirusga chalingani uchun kasalxona yopildi

Qirg‘izistonda aholi soniga ko‘ra uchinchi o‘rinda bo‘lgan Jalolobod shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida barcha tibbiyot xodimlari koronavirusga chalingani uchun yopildi. «RIA Novosti»ning yozishicha, bu haqda mamlakat sog‘liqni salash vaziri Sabirjan Abdikarimov ma’lum qilgan.

«Ushbu kasalxonaning barcha xodimlari koronavirusga chalindi. Shu sababli biz uni yopishga qaror qildik. Bemorlar O‘sh shahriga yuboriladi», — degan u 8 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!