Ana xolos! Ayol issiq kunda linza taqib, ko‘r bo‘lib qoldi

Ana xolos! Ayol issiq kunda linza taqib, ko‘r bo‘lib qoldi

Dublinda istiqomat qiluvchi Syuzanna Dann kontakt linzalarini noto‘g‘ri ishlatgani uchun ko‘r bo‘lib qoldi, deya xabar berdi “Dublin Live” gazetasi.

Ayol 20 iyuldayoq bezovtalikni his qila boshlagan. Kanadalikning aytishicha, uning ko‘zlari dastavval juda achishgan, kechqurunga borib esa qattiq og‘riy boshlagan. Shunga qaramay, ayol yotishga qaror qiladi, lekin kechaning yarmida uyg‘onib ketib, hech qayerni ko‘rmayotganidan so‘ng ko‘r bo‘lib qolganini anglaydi. Syuzanna darhol shifoxonaga murojaat qiladi va u yerda ikki haftadan ortiq vaqt davolanadi.

Ayolga ko‘z tomirlarining yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan, bu esa “Acanthamoeba” parazitlarining linzalar ostida paydo bo‘lishiga olib kelgan. Shifokorlar hozirda kuzatilayotgan issiq ob-havo parazitning paydo bo‘lishi qulay shart-sharoitlar yaratganligini aniqlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!