"Agrobank" xodimi 100 mln so‘mga yaqin pulni "eb yubordi"

"Agrobank" xodimi 100 mln so‘mga yaqin pulni "eb yubordi"

"Agrobank" To‘raqo‘rg‘on tumani filiali bo‘lim boshlig‘i (1990 y.t.) 99,2 mln so‘m kredit mablag‘larini issiqxona qurish maqsadida olib, talon-toroj qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Xodim bu ishni "To‘raqo‘rg‘on A.T." MCHJ rahbari (1981 y.t.) bilan birgalikda ushbu bankdan 4 fuqaroning nomiga kredit ajratish yo‘li bilan amalga oshirgan.

Holat yuzasidan departamentning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi "b, v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!