Afg‘oniston janubida toliblar bilan to‘qnashuvda 15 nafar polisiyachi halok bo‘ldi

Afg‘oniston janubida toliblar bilan to‘qnashuvda 15 nafar polisiyachi halok bo‘ldi

17 iyul, seshanbaga o‘tar kechasi bir nechta hodisa qayd etilgan. Gubernator Daud Ahmadiyning matbuot kotibi xabar berishicha, jangarilar afg‘on viloyatining shimoli-sharqidagi polisiya nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilgan. To‘qnashuv davomida huquq-tartibot organlarining olti vakili o‘ldirilgan, o‘n nafari yaralangan.

Qandahor viloyati janubi-sharqiy qismida toliblar bilan to‘qnashuvlar oqibatida yana to‘qqiz nafar tartib qo‘riqchisi qurbon bo‘lgan, besh nafari jarohat olgan. Agentlikka ko‘ra, «Tolibon» mazkur hududda to‘rtta nazorat-o‘tkazish punkti egallanganligi haqida ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!