Adashgan qizlar onasiga topshirildi

Adashgan qizlar onasiga topshirildi

Joriy yilning 12 avgust kuni soat 20:10 lar chamasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi 10-alohida otryadi komandiri D.Z.Sultonov qo‘riqlanayotgan ob’ektlar faoliyatini nazorat qilayotgan vaqtida Paxtaobod tumani Yuqori MFY o‘ramida 2 nafar voyaga yetmagan qizlarga duch keladi. Savol-javoblar asnosida ularning biri Ergashaliyeva Nasibaxon va singlisi Navro‘zaxon ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shu kuni soat 15:30 lar chamasida mahallasida o‘ynab yurib, tuman markaziga qatnovchi avtobusga chiqishgan va adashib qolishgan.

Zudlik bilan ota-onasi va yashash manzilini aniqlandi. Ular tumandagi Bodrog‘obod mahalla fuqarolar yig‘ini Qizg‘aldoq ko‘chasi 1- uyda yashashlari ma’lum bo‘ldi.

Yashash manzilidan adashgan qizlar shu kuni soat 22:20 da onasiga tilxat orqali sog‘-salomat topshirildi.Surishtiruv davrida adashib qolgan qizlar 2009 yilda tug‘ilgan Nasibaxon va 2012 yilda tug‘ilgan Navro‘zaxon ekanligi aniqlandi.

Manba: auz. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!