2021 yil 1 yanvardan akademik lisey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlariga yangi tartibda ish haqi hisoblanadi

2021 yil 1 yanvardan akademik lisey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlariga yangi tartibda ish haqi hisoblanadi

“Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik liseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori e’lon qilindi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 2021 yil 1 yanvardan boshlab akademik lisey pedagoglari va xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida:

  • akademik lisey pedagog va o‘quv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq to‘lashda Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llaniladi;
  • akademik lisey direktorining o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan o‘rinbosarlarining bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi;
  • bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli oliy ta’lim muassasasining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, byudjetdan tashqari, jumladan, to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan akademik liseylarda o‘rnak ko‘rsatgan pedagog va xodimlarga lavozim maoshlarining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar to‘lanadi;
  • akademik liseylarning fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dosent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlari mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim muassasasi rahbarining bazaviy lavozim maoshiga nisbatan bosh hisobchining bazaviy lavozim maoshi 80 foiz miqdorida, hisobchining bazaviy lavozim maoshi 60 foiz miqdorida belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!