Evropada asosiy xavf sifatida “Sputnik” va “RT” ko‘rsatildi

Evropada asosiy xavf sifatida “Sputnik” va “RT” ko‘rsatildi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi qo‘llanayotgan navbatdagi sanksiya chorasi doirasida mamlakatning to‘rt ommaviy axborot vositasiga YEI doirasida faoliyat olib borishni taqiqlaydi. Bu xabarni “Blumberg” tarqatgan.

“Yana to‘rtta OAV uchun taqiq belgilanishi to‘g‘risidagi taklif Ittifoqning barcha 27 a’zosi tomonidan qo‘llab quvvatlanishi kerak”, - deyilgan agentlik axborotida. Ma’lum bo‘lishicha, Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Vera Yurova YEI mamlakatning “RIA Novosti”, “Izvestiya”, “Gazetalar” va “Voice of Europe” nashrlariga qarshi cheklov qo‘yilishini aytgan.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi payt Rossiya ommaviy axborot vositalarining G‘arbdagi faoliyati tobora qiyinlashmoqda. 2016 yil noyabrda Yevroparlament qabul qilgan, Rossiya OAVga qarshi turish zarurligi qayd etilgan rezolyusiya bilan asosiy xavf sifatida “Sputnik” va “RT” ko‘rsatilgan.

Qator g‘arb siyosatchilari, jumladan amerikalik senator va kongressmenlar hamda Fransiya Prezidenti ushbu nashrlarni AQSh va Fransiya sayloviga aralashishda ayblagan, biroq hech qanday dalil keltirmagan. Rossiya rasmiylari esa bunday bayonotlarni haqiqatdan uzoq, quruq gap, deya baholagan.

Xullas, YEI Rossiyaga qarshi chora qo‘llab, mamlakatning yirik ommaviy axborot vositalarining Yevroittifoq hududidagi faoliyatini taqiqlay boshladi. Rossiya tomoni ta’kidlashicha, bunday qarorlar sudga murojaat qilinmasdan yoki YEIga a’zo davlatlar media bozorini muvofiqlashtiruvchi milliy idoralarga murojaat qilinmasdan chiqarilmoqda. Hatto, RF TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva G‘arb tomonidan jurnalistlar, sportchilar, madaniyat vakillariga nisbatan sanksiya qo‘llanishini kutmagandi, deya bayonot berdi. Qolaversa, RF Prezidenti huzuridagi Inson huquqi bo‘yicha kengash rahbari Valeriy Fadeev rus tilida chiqadigan nashrlarga nisbatan bosim kuchaygani sababli, YEXHTga murojaat qilib, OAV erkinligi masalasi bo‘yicha vakil Tereza Ribeyrani matbuotga tegishli me’yorlarga amal qilish choralarini ko‘rishga chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!