Zelenskiy unga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yagona odamni aytdi

Zelenskiy unga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yagona odamni aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh yetakchisi Donald Tramp unga bosim o‘tkazganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Uning ma’lum qilishicha, u mustaqil Ukraina prezidenti bo‘lganligi bois hech kim bosim o‘tkazolmaydi.

“Menga faqat olti yoshli o‘g‘lim bosim o‘tkazishi mumkin”, - deya javob bergan Zelenskiy rossiyalik jurnalistlar savoliga.

Vladimir Zelenskiyning javobini rossiyalik jurnalist Olga Skabeeva o‘z telegram kanalida e’lon qilgan.

Bir necha kun ilgari The Wall Street Journal nashri AQSh yetakchisi Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati vaqtida unga bosim o‘tkazgani haqida xabar tarqatgan edi. Ta’kidlanishicha, Tramp Zelenskiyni AQShning sobiq vise-prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘liga nisbatan tergov harakatlarini boshlashga majburlagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!