Zelenskiy ilk bor oilaviy suratini ommaga namoyish etdi (foto)

Zelenskiy ilk bor oilaviy suratini ommaga namoyish etdi (foto)

Rasmda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘z farzandlari bilan tushgan fotosuratni e’lon qildi. Surat ukrainalik yetakchining feysbukdagi sahifasiga joylangan. 

Fotosuratda Zelenskiy bu yil maktabga chiqadigan o‘g‘lini ilk bor ommaga ko‘rsatgan.

Suratda Zelenskiy, uning rafiqasi Yelena, qizi Aleksandra va o‘g‘li Kirill tasvirlangan. Ukrainaning "Strana.ua" portali qayd etishicha, prezident ilk bor o‘g‘lining suratini e’lon qilmoqda. Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil bolakay opasi o‘qiyotgan maktabga birinchi sinfga boradi.

 

- Bolalarni yaxshiroq tushunish uchun ba’zan o‘zingiz ham bolaga aylanib turishingiz kerak. Keling, bolalarimizga ular g‘ururlanadigan mamlakatni meros qoldiramiz! - deyiladi xabarda. 

 

Butunjahon bolalar kuni (Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni) - eng qadimiy xalqaro bayramlardan biri hisoblanadi. Uni nishonlash to‘g‘risida 1925 yilda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan butunjahon konferensiyasida qaror qabul qilingan.

 

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!