"Yuqumli kasallikka chalinganman. Erga tegsam bo‘ladimi?"

"Yuqumli kasallikka chalinganman. Erga tegsam bo‘ladimi?"

Savol

Men 31 yoshdaman va “gepatit S” kasaliga yo‘liqqanman. Turmushga chiqishni istayman. Kelgan sovchilarga dardimni aytdim. Tabiiyki, bundan xursand bo‘lishmadi. Ammo yigit tinmay: “Bu kasallikning tuzalishiga imkon bor emish”, deydi menga. Yigitning sog‘lom ekanini, agar menga uylansa, u ham men yo‘liqqan dardga chalishi ehtimoli katta ekanini bilaman. Bu xastalikka qarshi vaksina yo‘q.

Qanday yo‘l tutay? Menga Alloh rozi bo‘ladigan yechim kerak.


Javob

Sizga sovchi qo‘ygan kishi kasalligingizni bila turib, uylanish ahdida qat’iy turib olsa, bu nikohga shar’an va insoniylik jihatdan biron monelik yo‘q, inshaalloh.  Sizga Allohdan sizga shifo so‘raymiz. Siz yaxshi mutaxassisga uchrab, davolanish choralarini ko‘ring.

Muhammad Said Ramazon Butiy

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!