Yurak sog‘lom bo‘lishining 8 qoidasi haqida bilasizmi?

Yurak sog‘lom bo‘lishining 8 qoidasi haqida bilasizmi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari sababli o‘lim va kasallanishning yetakchi xavf omillari — yuqori arterial qon bosimi, xolesterinning baland qiymati, tamaki chekish va alkogol iste’moli hisoblanadi.

Yurak-qon tomir tizimining eng ko‘p tarqalgan xavfli kasalliklari:

arterial gipertenziya (qon bosimining yuqori bo‘lishi);
yurak ishemik kasalligi;
tomirlar aterosklerozi.

Yurak-qon tomir xastaliklarini nazorat qilishning mumkin va mumkin bo‘lmagan xavf omillari mavjud.

Boshqariladigan xavf omillari:

ortiqcha tana vazni;
past jismoniy faollik;
alkogol iste’mol qilish va tamaki chekish;
noto‘g‘ri ovqatlanish;
yuqori qon bosimi;
qandli diabet;
stress holatlari.

Nazorat qilib bo‘lmaydigan xavf omillari:

yosh;
nasliy moyillik;
jins.

Sog‘lom yurakning 8 ta asosiy qoidasi:

qon bosimi 140-90 mm. simob ustunidan past bo‘lishi;
tamaki chekmaslik va alkogol iste’mol qilmaslik;
qonda umumiy xolesterin 5 mmol/l dan past bo‘lishi;
3 kilometr piyoda yurish yoki o‘rta darajadagi 30 daqiqalik jismoniy faollik bilan shug‘ullanish;
tuz miqdori kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish;
har kuni 300-500 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda meva va sabzavot iste’mol qilish;
semizlik va qandli diabetning 2-turidan saqlanish;
stresslardan uzoq bo‘lish.

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!