Yunusoboddagi yirik yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Yunusoboddagi yirik yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida shu yil 14 noyabr kuni Bog‘ishamol ko‘chasida joylashgan “Stroyteploizolyasiya biznes” XKga qarashli sintefon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 10:34da o‘rab olinib, soat 12:44 da o‘chirildi. Yong‘in natijasida sexning 2 800 kv.m. maydonidagi binoning tom, shift, ichki qismi, taxta panjarali va ishlab chiqarish jihozlari yonib zarar ko‘rgan.

Yong‘in o‘chirish vaqtida korxona ish boshqaruvchisi M.K. kuyish jarohatlari bilan shuningdek, Toshkent shahar IIBB YOXB xodimi kichik serjant SH.U. shu sex tomida bo‘lgan vaqtida tom ko‘chib tushishi natijasida yiqilib jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash yuzasidan surishtiruvni Toshkent shahar IIBB olib bormoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!