YUNUSOBODDA FUQAROGA NISBATAN 33 TA IJRO HUJJATLARI BIR KUNDA TAMOMLANDI

YUNUSOBODDA FUQAROGA NISBATAN 33 TA IJRO HUJJATLARI BIR KUNDA TAMOMLANDI

Yo‘l harakati qoidalarini buzib, qo‘llanilgan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelayotgan fuqarolarga nisbatan Byuroning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan ta’sir choralari ko‘rilib, jarimalarni undirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati IIB YHXBning qarorlariga asosan javobgar A.A.dan davlat foydasiga jami 33 ta 14 640 000 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan Byuroning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, qarzdor fuqaro A.A.ga qonun talabiga asosan majburiyatini bajarishi uchun ixtiyoriy muddat berilgan.

Lekin qarzdor ixtiyoriy muddat ichida ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash chorasini ko‘rmaganligi sababli, davlat ijrochisi U.Tojiyev tomonidan undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan “LACETTI” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan va olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida avtotransport vositasining turgan joyi aniqlangan.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan xatlash jarayonida qarzdor fuqaro tomonidan 33 ta jarimalardan 14,6 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik to‘liq undirilib, ish yurituvidagi 33 ta ijro hujjatlari amalda tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!