Yunusobodda benzovoz yonib ketdi (+video)

Yunusobodda benzovoz yonib ketdi (+video)

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobchalarining birida turgan benzovoz yonib ketdi. Bu holat tasvirlangan video Telegram’dagi «Exo Uzbekistana» kanalida e’lon qilindi.

Yong‘in yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ham o‘tib, uni butkul qamrab olgan.

Videoda o‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin.

Hozircha hodisa to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!