Yuliya Navalnaya Human Rights Foundation inson huquqlari tashkiloti raisi etib saylandi

Yuliya Navalnaya Human Rights Foundation inson huquqlari tashkiloti raisi etib saylandi

Bu haqda HRF sayti va Navalnayaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berildi. Navalnaya nomzodini 2012 yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan Garri Kasparov qo‘llab-quvvatlagan.

"Diktatura bizning yaqinlarimizga va butun dunyoga tahdid solayotganiga shaxsan guvoh bo‘lgan odam sifatida Human Rights Foundation tashkiloti raisi lavozimini egallash men uchun sharaf", — deb yozdi Navalnaya.

Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, Aleksey Navalniyning ishini davom ettirish uning uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Human Rights Foundation 2005 yilda huquq himoyachisi Tor Halvorssen tomonidan tashkil etilgan. Uning bosh ofisi Nyu-Yorkda joylashgan. HRF butun dunyodagi diktaturalarga qarshi turishni o‘z oldida turgan asosiy maqsadi deb biladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!