Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan piyodalar 1 noyabrdan ma’muriy javobgarlikka tortiladi

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan piyodalar 1 noyabrdan ma’muriy javobgarlikka tortiladi

Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonovning buyrug‘iga asosan “Piyodalar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha elektron shakldagi ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirish va ma’muriy ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma ishlab chiqildi.

Endi, unga muvofiq, yo‘l harakati tartib qoidalariga amal qilmay uni buzgan piyodalar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Bularning bari fuqarolar xavfsizligi va ularning osoyishtaligini ta’minlash maqsadida amaliyotga keng joriy etilmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida piyodalar ishtirokida 3336ta yo‘l-transport hodisalari yuz bergan. Unda 732 nafar inson bu hayotdan bevaqt ko‘z yumgan, yana 2 ming 754 nafari turli tan jarohatlarini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!