Yaponiyada 100 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qoldi

Yaponiyada 100 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qoldi

Yaponiyaning “Xagibis” to‘foni ta’siriga uchragan 13 ta prefekturasida, taxminan, 100 mingta uy elektrsiz qoldi.

Ta’kidlanishicha, ularning yarmi Tokioda joylashgan. Hukumat hafta o‘rtalariga qadar elektr energiyasi yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, 12 oktabr kuni “Xagibis” to‘foni Idzu yarim oroli hududidagi Xonsyu oroliga zarba bergani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyadagi to‘fondan halok bo‘lganlar soni 33 kishiga yetdi. To‘fon tufayli Panama kemasi cho‘kdi. Mamlakat bosh vaziri Shinzo Abe to‘fondan jabr ko‘rganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!