Yana bir soha xodimlarining maoshi oshirildi

Yana bir soha xodimlarining maoshi oshirildi

Ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta indeksasiyalandi.

Norma’ning yozishicha, bu avgust oyida byudjetdan moliyalanadigan tashkilotlar xodimlarining ish haqi oshirilganligi bilan bog‘liqdir. Eslatib o‘tamiz, o‘sha paytdagi indeksasiya 10 foizni tashkil etgan. Yuqorida aytib o‘tilgan xodimlarning maoshi ham shunday tartibda oshirilgan. Bu pulda quyidagicha ifodalanadi.

1 avgustdan bosh muhandisning bazaviy lavozim maoshi 4 029 300 so‘mni, bosh konstruktor va texnologniki – 3 575 550 so‘mni tashkil etadi. Quyi lavozimlardagi mutaxassislarning maoshi mehnat stajiga qarab belgilanadi.

Hujjat 29.11.2019 yilda e’lon qilingan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!