Yana bir davlat koronavirusning ikkinchi to‘lqini haqida ma’lum qildi

Yana bir davlat koronavirusning ikkinchi to‘lqini haqida ma’lum qildi

Ukrainada COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini ketmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

U hozir butun dunyoda kasallik avj olayotgani, Ukraina ham bundan mustasno emasligini ta’kidlagan.

«Shu sababli bugungi kunda xorijiy fuqarolarga kirish bizda haqiqatan ham taqiqlangan. Bu to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Bizda birinchi to‘lqin boshlanganda shunday qarorga kelingandi, hozir uni to‘xtata oldik. O‘shanda Ukrainaning 40 million fuqarosiga 100 nafardan 300 nafargacha kasallanganlar to‘g‘ri kelgandi. Hozir bir kuniga uch ming kishi kasallanmoqda. Afsuski, bu Ukrainadagi ikkinchi to‘lqindir», — degan prezident.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina o‘z fuqarolarini ham, mamlakatga keladigan boshqa davlat fuqarolarini ham xavf ostiga qo‘ya olmasligini ta’kidlagan. «Keyinchalik vaziyat barqarorlashgach, Ukraina chegaralari, albatta  ochiladi», — degan u.

Avvalroq Kanada, Chexiya, Avstriya va Gruziyada ham koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani xabar berilgan edi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!