Yaman husiylari AQSH, Buyuk Britaniya va Isroil yuk kemalariga zarbalar berdi

Yaman husiylari AQSH, Buyuk Britaniya va Isroil yuk kemalariga zarbalar berdi

Yaman husiylari 1 iyul kuni AQSH, Buyuk Britaniya va Isroilga aloqador to‘rtta kemaga zarba bergan. Bu haqda “Ansorulloh” harakati tarqatgan xabarga asoslanib, Al Arabiya nashri xabar berdi.

Manbada keltirilishicha, dushanba kuni husiylar Qizil dengiz, Arabiston dengizi hamda O‘rta Yer dengizlarida maxsus operasiya tashkil etgan. Hind okeanida ham husiylar harakati kuzatilgan. Ushbu operasiyalarda aniqlangan to‘rtta kemaga jiddiy shikast yetkazilgan.

Operasiyaning birinchi bosqichida Arabiston dengizida Isroilning MSC Unific kemasi nishonga olingan. Bu ma’lumotni “Ansorulloh” matbuot kotibi Yahyo Sariya tasdiqlagan.

Husiylar ,shuningdek, AQShning “Delonix” neft tankeriga ham hujum qilgan. Hujum Qizil dengizda amalga oshirgan va tanker qismlariga jiddiy shikast yetkazilgan.

“Ansorulloh”ning uchinchi operasiyasida Buyuk Britaniyaning Hind okeanida suzib yurgan Anvil Point desant kemasi nishonga olingan. Kema unga yaqinlashayotgan husiylarga ogohlantirish yuborgan. Shunga qaramay guruh bir qancha faol hujumlar tashkil etgan.

Husiylarning hal qiluvchi hujumi O‘rta Yer dengizida ro‘y bergan. Tashkilot voizi Yahyo Sariya “Baxtli dengizchi” deb atalgan noma’lum kema raketalar bilan urilganini xabar qilgan..

Husiylarning O‘rta Yer dengizida hujum amalga oshirishi G‘arb tomonidan jiddiy signal sifatida qabul qilingan. AQSh Markaziy qo‘mondonligining Qizil dengizdagi kontingenti dengiz nazorat tadbirlarini kuchaytirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!