Xorazmda daraxt ko‘chatlarini parvarish qilmagan mansabdorlarga nisbatan 91 million 800 ming so‘m jarima qo‘llanildi

Xorazmda daraxt ko‘chatlarini parvarish qilmagan mansabdorlarga nisbatan 91 million 800 ming so‘m jarima qo‘llanildi



Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining parvarishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.


Shu paytga qadar mansabdor shaxslar tomonidan ko‘chatlarni parvarish qilmaslik, sug‘orilishiga e’tibor qaratmaslik borasida 27 ta holat aniqlandi. Mansabdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 91 million 800 ming so‘m ma’muriy jarimalar belgilandi.

Ta’kidlash joizki, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida o‘tqazilgan ko‘chatlar parvarishiga butun respublika bo‘ylab jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bu holatga mas’uliyatsizlik bilan yondashganlar, albatta, qonunga ko‘ra javobgarlikka tortiladi.

Hurmatli yurtdoshlar! Yon-atrofingizda ekilgan ko‘chatlarga aslo befarq bo‘lmang! Bugungi yosh nihol ertaga katta bir daraxtga aylanishiga o‘z hissangizni qo‘shing. Zero tabiatga g‘amxo‘rlik qilish har birimizning burchimizdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!