Xitoyda mamlakatdagi eng yirik siqilgan gaz saqlash inshootining qurilishi yakunlandi

Xitoyda mamlakatdagi eng yirik siqilgan gaz saqlash inshootining qurilishi yakunlandi

Xitoy milliy ofshor neft korporasiyasi (CNOOC)ning sho‘’ba korxonasi Xitoyning eng yirik siqilgan gaz saqlash majmuasini qurishni yakunladi.

Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.

Inshoot Szyansu viloyati sharqidagi Yanchen shahrida joylashgan. Majmuadagi barcha omborxonalarning umumiy sig‘imi 2,5 million kub metrni tashkil etadi. Ular orasida har biri 270 ming kubometr sig‘imga ega oltita, har biri 220 ming kub metr sig‘imga ega yana to‘rtta rezervuar bor. Siqilgan gaz zahirasi 28 oy davomida taxminan 85 million aholiga ega Szyansu viloyatining ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli.

Ushbu ombor mamlakatning asosiy gaz quvurlariga ulangan va sharqiy Szyansu, Anxoy va Shandun viloyatlari hamda markaziy Xenan viloyatini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashimi mumkin, deb xabar beradi report.az.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!