Voyaga yetmagan bilan qo‘pol muomalada bo‘lganligi aks etgan videotasvir bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Voyaga yetmagan bilan qo‘pol muomalada bo‘lganligi aks etgan videotasvir bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan fuqarolarning shaxsi aniqladi.

35 yoshli Shaxlo E. va 45 yoshli Zayniddin E. ajrashish yoqasidagi oila. Shaxlo E. muqaddam xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarga murojaat qilgan va unga himoya orderi berilgan. Shuningdek, er-xotin o‘zaro janjali jarayonida 9 yoshli voyaga yetmagan farzandidan foydalanayotganligi aniqlangan. Video o‘tgan yili suratga olingan bir nechta videotasvirlardan montaj qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bola tahsil oladigan maktab o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat jarayonida, so‘nggi vaqtlarda bola xulqidagi o‘zgarishlar ularni tashvishga solayotganligini ma’lum qilishgan.  

Bolaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazildi. Bolaning o‘zi bilan psixologlar ishlamoqda.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!