Vengriya tashqi ishlar vaziri Qur’onni ommaviy ravishda yoqishni qabul qilib bo‘lmas deb atadi

Vengriya tashqi ishlar vaziri Qur’onni ommaviy ravishda yoqishni qabul qilib bo‘lmas deb atadi

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto musulmonlar uchun muqaddas kitob - Qur’onning yoqib yuborilishini, jumladan Shvesiya va Daniyada ham qabul qilib bo‘lmaydigan deb atadi.

“Boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar uchun muqaddas hisoblangan kitoblarni yoqish va ularni tahqirlash har qanday sharoitda ham qabul qilib bo‘lmaydi”, dedi Siyyarto Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Qattiq kelishuv” partiyasi rahbari Rasmus Paludanning islomga qarshi provokasiyasini sharhlar ekan. Paluda yaqinda Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalarda Qur’on nusxalarini ommaviy ravishda yoqib yuborgan.

Vengriya diplomatiyasi rahbari muqaddas kitoblarni yoqish harakatini so‘z erkinligi ifodasi sifatida ko‘rsatishga urinishni “ahmoqlik” deb atadi. “NATOga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan davlat Turkiyaning qo‘llab-quvvatlashga intilib, o‘zini biroz ehtiyotkorroq tutishi kerak”, - dedi diplomat.

27 yanvar, juma kuni Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Qattiq kelishuv” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan musulmonlar uchun muqaddas kitob – Qur’onni yoqib yuborish bilan islomga qarshi navbatdagi provokasiyani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!