Vashington kelasi haftadan Ukrainadagi elchixonasi xodimlarining oilalarini evakuasiya qilishni boshlashi mumkin

Vashington kelasi haftadan Ukrainadagi elchixonasi xodimlarining oilalarini evakuasiya qilishni boshlashi mumkin

Vashington kelasi haftadan Ukrainadagi elchixonasi xodimlarining oilalarini evakuasiya qilishni boshlashi mumkin. Diplomatik missiya AQSh Davlat departamentidan buning uchun ruxsat so‘ragan. Bu haqda CNN muxbiri Metyu Chans o‘zining Tvitterida ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Kiyevni evakuasiyani kelasi haftadan boshlashlari haqida allaqachon xabardor qilgan.

Kiyev va G‘arb davlatlari so‘nggi paytlarda Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida «tajovuzkor harakatlari» kuchayganidan xavotir bildirishgan. Shu bilan birga, Moskva bu ayblovlarni bir necha bor rad etgan. Rossiya rasmiylarining ta’kidlashicha, «Rossiya tajovuzkorligi» muzokaralari mamlakat chegaralari yaqinida ko‘proq NATO harbiy texnikasini joylashtirish uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!