O‘zbekistonning ikkita hududida elektr energiya ta’minoti to‘liq tiklandi — Energetika vazirligi

O‘zbekistonning ikkita hududida elektr energiya ta’minoti to‘liq tiklandi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Toshkent shahar, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti qisman tiklandi.

Ayni paytda respublikamiz hududlarida elektr energiyasi ta’minoti bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!