O‘zbekistonlik opera xonandalari nufuzli tanlovda qatnashadi

O‘zbekistonlik opera xonandalari nufuzli tanlovda qatnashadi

Leningrad viloyatida 13—19 dekabr kunlari Rimskiy-Korsakov nomidagi XI yosh opera ijrochilari Xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Tadbir bastakorning Vatani Tixvinda o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 18 dan 33 yoshgacha bo‘lgan Rossiya va xorijlik ijrochilar taklif etilgan. Tanlov dasturi opera va kamera bo‘limlaridan iborat. Barcha sinovlar ochiq va oshkora tarzda o‘tkaziladi. Opera bo‘limi ikkita saralash va bitta final, kamera esa ikki bosqichdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish uchun 150 kishi ariza qoldirgan. Bu yil tanlovda O‘zbekiston, Belarus, Bolgariya, Italiya, Qozog‘iston, Polsha, Rossiya, Serbiya, Ukrainadan ijrochilar qatnashadi.

Ishtirokchilarni Mariinskiy teatri yosh opera ijrochilari Akademiyasi ijodiy rahbari Larisa Georgiyeva boshchiligidagi nufuzli hay’at a’zolari baholaydi.

Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan ishtirokchilarga pul mukofoti topshiriladi.

Shuningdek, ularga yagona nusxada tayyorlangan noyob zargarlik buyumlari sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

21 dekabr kuni tanlov g‘oliblari Mariinskiy teatri sahnasida bo‘lib o‘tadigan gala-konsertda ishtirok etadi.

Daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!