O‘zbekistondagi bog‘chalar qanday holatda yopilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi bog‘chalar qanday holatda yopilishi ma’lum bo‘ldi

Maktabgacha ta’lim vazirligining «Daryo» so‘roviga bergan javobiga ko‘ra, O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari yopilmaydi va odatdagidek o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

«Bog‘chalarni yopish hozircha rejalashtirilmagan. Agar biror-bir bog‘chada koronavirus aniqlansa, o‘sha bog‘chaning o‘zini karantinga olish belgilangan», — deyadi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ham faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilsagina, bog‘chalar yopilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!