Antaliyada ikki jipning to‘qnashuvi oqibatida turistlar jabrlandi

Antaliyada ikki jipning to‘qnashuvi oqibatida turistlar jabrlandi

Antaliyada ikkita jip to‘qnashib ketdi, natijada 16 kishi jarohat oldi, ulardan 13 nafari sayyohlar.

Bu haqda DHA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bitta jip yo‘l chetidagi beton ustunga urilib, yon tomoniga ag‘darilgan.

Barcha jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan, bir kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Voqea sabablarini o‘rganish boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!