"Liverpul"ning yana bir yulduziga Saudiya klubi qiziqish bildirmoqda

"Liverpul"ning yana bir yulduziga Saudiya klubi qiziqish bildirmoqda

Angliyaning "Liverpul" jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubidan taklif oldi, deya xabar berdi "Sports Zone".

Xabar qilinishicha, arab klubi 32 yoshli van Deyk uchun ajoyib taklif bilan chiqqan. Avvalroq niderlandiyalik himoyachi borasida "Liverpul"ga Germaniyaning "Bavariya"si so‘rov bilan chiqqandi.

Virjil van Deyk joriy mavsum "Liverpul" tarkibida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Avvalroq, Muhammad Salohga "Al-Ittihod"dan takliflar bo‘layotgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!